Ekskursiya 12.11.2026
Joriy yilning 12-noyabr kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar kutubxonaning asosiy o‘quv zali, elektron o‘quv zali va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida kutubxona fondi zamonaviy va yangi adabiyotlar bilan boyitilganligi hamda tuman yozuvchilari va kutubxona yangiliklari haqida ma’lumot berildi. Mazkur ekskursiya kitobxonlarda axborot-kutubxona xizmatlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Ekskursiyada 5 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.