Ekskursiya 03.03.2026
Ekskursiya 03.03.2026
Joriy yilning 3–mart kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazidа tuman Madaniyat markazi mutaxassislari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar kutubxonaning asosiy o'quv zali elektron o'quv zali hamda axborot - bibliografiya zali va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida kutubxona fondi zamonaviy va yangi adabiyotlar bilan boyitilganligi hamda tuman yozuvchilari va kutubxona yangiliklari haqida ma'lumot berildi. Mazkur ekskursiya kitobxonlarda axborot-kutubxona xizmatlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.