Dunyoning eng xavfsiz seyfi...
Dunyoning eng xavfsiz seyfi...
“Agar biror narsani o‘g‘irlatishdan qo‘rqsangiz, uni kitob ichiga yashiring”.
Bu qadimiy hikmat bugun biz uchun qanchalik achchiq haqiqatga aylandi, tan olaylik. Biz javonimizda chang bosib yotgan beqiyos xazinani ko‘rmayapmiz.
O‘g‘rilar hamyon qidiradi, ammo kitoblar ichiga qayrilib ham qaramaydi. Eng achinarlisi – biz o‘zimiz bu xazinadan foydalanmay, uning sahifalari orasidagi nurdan mahrum bo‘lyapmiz. Kitob o‘qishni to‘xtatish – o‘z kelajagimizni, o‘zligimizni o‘g‘irlash bilan barobar.
Kelajakni barpo etish, dunyoqarashni kengaytirish va millat sifatida yuksalish faqat ilm orqali bo‘ladi. Kitob ochishdan qo‘rqmaylik, uni hayotimizning ajralmas qismiga aylantiraylik.