Dunyodagi eng ko‘p diplomga kim ega ekanini bilasizmi?
Dunyodagi eng ko‘p diplomga kim ega ekanini bilasizmi?
Sizningcha, bir kishida nechta diplom bo‘lishi mumkin? 4 ta yoki 8 ta yoxud 10 tami? Bu raqamlar hindistonlik V.N. Partiban diplomlarining o‘ndan biri ham emas desak-chi? Bu inson – dunyodagi eng ko‘p oliy ma’lumotli shaxs hisoblanadi. Uning hisobida 140 dan ortiq diplomlar bor! U 30 yil davomida har yakshanba imtihon topshirishni odat qilgan. Hozir ham Chennaydagi kollejlardan birida dars beradi.
- Unda 12 ta Falsafa doktori (PhD) darajasi;
- 8 ta Huquq magistri;
- 10 ta San’at magistri;
- 9 ta Biznes boshqaruvi (MBA) diplomi va h.k.
Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor...
Partiban intervyularida shuni tan olganki, miyasiga haddan tashqari ko‘p ma’lumot yuklayvergani sababli, u oddiy narsalarni eslab qololmaydi. U odamlarning yuzini tez unutadi, ko‘chada adashib qolishi mumkin. Uning miyasi “Axborot ombori”ga aylangan, lekin ularni amalda qo‘llashga qiynaladi.
Diplom – bu shunchaki qog‘oz
Partibanda 145 ta qog‘oz bor, lekin Ilon Maskda bittagina (Fizika bo‘yicha). Kim dunyoni o‘zgartiryapti? Maqsadingiz “diplom olish” bo‘lmasin, maqsadingiz “mutaxassis bo‘lish” bo‘lsin. Bitta sohani “yorib qoʻying”, 100 ta sohadan chala bilgandan ko‘ra, bittasining ustasi bo‘lgan afzal.
Siz nima deb o‘ylaysiz: 145 ta diplom bu – yutuqmi yoki vaqt isrofi?