Dunyo bo‘ylab eng mashhur va eng ko‘p mutolaa qilingan 5 badiiy asar
Dunyo bo‘ylab eng mashhur va eng ko‘p mutolaa qilingan 5 badiiy asar
“Don Kixot” – insonning yuksak orzu-intilishlari va hayotning achchiq haqiqatlari o‘rtasidagi ziddiyatni qiziqarli sarguzashtlar orqali tasvirlaydi.
“Ikki shaharning hikoyasi” – London va Parij misolida inqilob davridagi adolatsizlik, qurbonlik va insoniylik masalalarini yoritib beradi.
“Kichkina shahzoda” – bolalarga xos samimiy qarashlar orqali kattalar dunyosining murakkabligi va unutilgan qadriyatlari haqida fikr yuritadi.
“Uzuklar hukmdori” – ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, sadoqat va do‘stlikning buyuk kuchini aks ettiruvchi epik asardir.
“Garri Potter” – sehrli voqealar fonida jasorat, tanlov mas’uliyati va mehr-muhabbatning qudrati haqida hikoya qiladi.
Siz ushbu asarlardan qaysilarini o‘qigansiz?