Dardimga davoni qayerdan izlash kerakligini kech angladim…
Dardimga davoni qayerdan izlash kerakligini kech angladim…
Dardimga insonlardan davo izladim. Kimdandir taskin, kimdandir tushunishini kutdim… Lekin har safar umidim so‘ndi.
Keyin esa tasodifan kitoblarga yuzlandim va shuni angladim – men izlagan javoblar va xotirjamlik allaqachon sahifalar orasida yashirin ekan…
Kitoblar hukm qilmaydi. Kitoblar charchamaydi. Kitoblar sizni tinglaydi… va eng muhimi – sizni tushunadi. Har bir o‘qilgan satr ichimdagi bo‘shliqni to‘ldira boshladi. Har bir sahifa qalbimga sokinlik olib keldi.
Shunda bildim: Dardga davo – insonlarda emas, ilmda ekan...