Chingiz Aytmatov ijodidagi eng mashhur 5 asar
Chingiz Aytmatov ijodidagi eng mashhur 5 asar
Chingiz Aytmatov – nafaqat qirg‘iz adabiyotining, balki jahon adabiyotining ham yirik namoyandasi. Uning asarlarida inson qalbi, vijdon, muhabbat va milliy ruh juda chuqur va ta’sirchan tarzda ochib beriladi.
-“Oq kema” – bolalikning beg‘ubor orzulari bilan kattalar olamidagi shafqatsizlik to‘qnash keladigan, poklikning fojeali sinovini ko‘rsatgan asar.
- “Sarvqomat dilbarim” – muhabbat va sadoqat insonni hayotning og‘ir sinovlaridan o‘tkazib, uni ma’naviy jihatdan ulg‘aytirishini tasvirlaydi.
-“Jamila” – jamiyat qoliplariga sig‘magan, erkinlik va chin tuyg‘ular ustuvor bo‘lgan muhabbat hikoyasi.
-“Asrga tatigulik kun” – xotira, vijdon va tarix oldidagi mas’uliyat inson uchun eng muhim qadriyat ekanini ochib beradigan falsafiy asar.
-“Alvido, Gulsari!” – inson va ot taqdiri orqali umr, sadoqat va yo‘qotish iztiroblari chuqur ifodalangan asar.
Siz Chingiz Aytmatov qaysi asarini o‘qigansiz yoki o‘qimoqchisiz?