Bugunning qadri
Bugunning qadri
Yoshlar koʻpincha kelajak haqida koʻp oʻylaydi: «Bir kun katta odam boʻlaman», «Bir kun orzularimga yetaman», «Bir kun hammasi yaxshi boʻladi»...
Lekin hayotning eng katta siri shundaki, “bir kun” degani hech qachon kelmaydi. Orzular kelajakda quriladi, ammo poydevor faqat bugun qoʻyiladi.
- Agar bugun qadam tashlamasak, ertaga yugura olmaymiz.
- Agar bugun vaqtni qadrlamasak, ertaga vaqt bizni qadrlamaydi.
- Agar bugun oʻzimizni o‘zgartirmasak, ertaga hech narsa oʻzgarmaydi.
Shuning uchun vaqtni kutish emas, undan foydalanish kerak. Bugun – eng qimmat boyligimiz.