Bu voqea Kanadada bo‘lgan...
Bu voqea Kanadada bo‘lgan...
Bir qariya non o‘g‘irlagani tufayli sud qilinyapti. Qariya aybini inkor etmadi, aksincha, tan olib, faqat bu ishni och qolgani sababidan sodir etganini bildirdi.
Hakam unga: – Siz o‘g‘irlik qilganingizni tan olib turibsiz. Endi men sizga o‘n dollar jarima solaman va bu pul sizda yo‘qligini ham bilaman. Shuning uchun uni sizning o‘rningizga o‘zim to‘layman, – dedi va cho‘ntagidan o‘n dollar chiqarib, jarima sifatida davlat xazinasiga o‘tkazdi. Sud zalida sukunat hukm surardi...
Birozdan keyin hakam sud ishtirokchilariga qarata shunday dedi: – Sizlarning hammangizga ham o‘n dollardan jarima solaman. Chunki sizlar yashayotgan shaharda non o‘g‘irlashga majbur bo‘lgan faqir yashayapti! O‘sha onda 480 dollar pul yig‘ildi va uni hakam qariyaga berdi.
Hakam «Qayerda bir faqirning qorni to‘yib ovqat yemayapti, demak u yerda boshqaning haqqini yeb o‘tirgan kimdir bor» deb sudni yakunladi.