Birlik mahallasida “Mahalla kubogi”
#Zafarobod_tuman_AKM
#Mahalla_kubogi
Birlik mahallasida “Mahalla kubogi”
Zafarobod tuman AKM va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Birlik mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish orqali ularni diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalaridan himoya qilish maqsadida milliy kurash sport turi bo‘yicha “Mahalla kubogi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda ularning iqtidor va mahoratini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbirda turli yosh toifalaridagi o‘g‘il-qizlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa jarayonida kurashchilarning mahorati, matonati va halolligi e’tirofga sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati