Bir ota qiziga kitob o‘qish odatini singdirish uchun qiziqarli yo‘l topdi. U qiziga bir kitob uzatib dedi:
Bir ota qiziga kitob o‘qish odatini singdirish uchun qiziqarli yo‘l topdi. U qiziga bir kitob uzatib dedi:
“Shuni o‘qib tugatsang, senga 100 dollar beraman”.
Bu gap qizga juda yoqdi. Ammo muammo shundaki, u kitob o‘qishni unchalik xush ko‘rmasdi
Qiz ichida o‘yladi: “Kitobni boshidan oxirigacha o‘qiguncha, internetdan qisqacha mazmunini topib olaman. Otam so‘rasa, hammasini gapirib beraman.”
Shu reja bilan u internetdan kitob haqida qisqa ma’lumot topdi, uni yod oldi va bir hafta davomida o‘zini “o‘qigandek” tutdi.
Oradan bir hafta o‘tgach, u otasining oldiga kelib:
“Dada, kitobni tugatdim. Endi 100 dollarimni berasizmi?” dedi.
Otasi undan kitob mazmunini aytib berishni so‘radi.
Qiz esa tayyorlab qo‘ygan gaplarini juda chiroyli qilib aytib berdi. So‘ng yana pulni so‘radi.
Otasi esa xotirjam javob berdi: “Sen kitobni aslida o‘qimabsan. Agar o‘qiganingda, ichiga solib qo‘yilgan 100 dollarni allaqachon topgan bo‘larding…”
Xulosa oddiy: ba’zi narsalarni qisqa yo‘l bilan olishga harakat qilsak, eng qimmatli imkoniyatlarni o‘zimiz qo‘ldan boy beramiz