BEMINNNAT DO‘ST
BEMINNNAT DO‘ST
E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do‘stingiz bor. Qachon xohlashingiz siz bilan ham suhbat bo‘ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo‘shadi. G‘amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o‘rgatadi.
Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima talab qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo‘ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag‘in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatini qilaveradi...
Bu do‘stning nomi – KITOB!
U bizni dunyoqarashimizni kengaytiradi, qalbimizni boyitadi va hayot yo‘limizni yorug‘ qiladi. Har bir sahifasida yangi do‘stlik va bilim sirlarini topish mumkin.