Befarqlik – eng katta yoqotish
Befarqlik – eng katta yoqotish
“O‘g‘ridan qo‘rqma, nari borsa molingni olar. Qotildan qo‘rqma, nari borsa joningni olar. Ammo befarq, loqayddan qo‘rq, chunki u ikkisini ham yo‘qotishga yo‘l qo‘yib berar” (Jaloliddin Rumiy).
Bir bola bor. U har kuni darsga kech qoladi, ko‘p sukut saqlaydi, ko‘zida charchoq bor. Atrofdagilar buni ko‘radi, lekin so‘ramaydi. O‘qituvchi band, do‘stlari kulib o‘tib ketadi, kattalar esa: “O‘zi biladi”, deydi.
Vaqt o‘tadi… U bola sekin-sekin o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Yordam so‘ramaydi, chunki uni eshitadigan odam bo‘lmagan. Bu yerda uni shu ahvolga keltirgan muammo emas – atrofdagilarning befarqligidir.