Avtobus bekatlarida bepul kutubxona!
Avtobus bekatlarida bepul kutubxona!
Fransiyaning bir shahrida avtobus bekatlarida reklama bannerlari olib tashlanib, ularning o‘rniga esa bepul kitoblar bilan to‘ldirilgan javonlar o’rnatilgan.
Yo‘lovchilar avtobus kelishidan oldinroq kelishadi. Kimdir sahifalarni varaqlaydi, kimdir kitob almashadi, yana kimdir o’tirib o‘qiydi. Bu tashabbus dastlab bir nechta mahallada tajriba sifatida boshlangan. Tijoriy plakatlar o‘rniga ochiq kichik kutubxonalar o‘rnatilgan.
Bu juda yaxshi tashabbus, bekatdagi vaqt bekorga telefon ko’rish bilan ketmaydi. Faqat kitoblarni o’g’irlashmasa, bas!