Atom odatlar — kichik qadamlar, katta natijalar
Atom odatlar — kichik qadamlar, katta natijalar
Ko‘pchilik hayotni o‘zgartirish uchun ulkan rejalar tuzadi, lekin bir necha kundan so‘ng hammasi yarim yo‘lda qoladi. Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobi sizga boshqa yo‘lni ko‘rsatadi – kichik odatlar orqali ulkan o‘zgarishlar sari borishni
4 ta oltin qoidasini hayotingizga qo‘llasangiz, natijani o‘zingiz ham ishonmay ko‘rasiz:
- Yaxshi odatlarni aniq va ravshan qiling – Maqsadingiz ko‘z oldingizda tursin.
- Yaxshi odatlarni jozibador qiling – Qanchalik yoqimli bo‘lsa, shunchalik davom ettirish oson bo‘ladi.
- Yaxshi odatlarni osonlashtiring – Murakkab qadamlarni soddalashtiring.
- Yaxshi odatlarni qoniqarli qiling – Har bajarilgan ish uchun o‘zingizni mukofotlang.
Esda tuting: Sizni bir kunda yaxshi yoki yomon odam qiladigan katta voqea emas, balki har kuni takrorlayotgan mayda odatlaringizdir.
Bugun tanlagan odatingiz – kelajagingizning poydevori.