AQShda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan koʻproq.
AQShda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan koʻproq.
Jamoat kutubxonasida immigrantlar ingliz tilini bepul oʻrganadi, kompyuteri yoʻqlar kelib bepul foydalanadi. Boshpana, ish, oʻqish qayerdan topsam boʻladi, degan savollarga javob oladi, bolalar tengdoshlari bilan muloqot/dars, qariyalar madaniy hordiq uchun keladi.
Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar roʻyxati: Boshpana, tekin ovqat, tekin tibbiy yordam, tekin yuridik va moliyaviy xizmatlar va hk.
Xulosa: bizga ham ana shunday formatdagi jamoat kutubxonalari kerak. Mayli, boshlanishiga har bir hududga hech boʻlmasa bittadan. Balki Toshkentga sal koʻproq, shu jumladan Talabalar shaharchasiga albatta. Keyin zaruriyatga qarab barcha hududlarda yana koʻpaytirilaveradi.