Aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi?
Aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi?
Ochko‘z bir vazir podshoga xushomad qilibdi:
– Shohim, aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Dunyoda kimsa yo‘qki, tentakman, deb da’vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to‘lashga tushadi! Shoh yozilib kulibdi:
– Darvoqe, oqilona tadbir. “Topag‘on”liging evaziga seni aql solig‘idan ozod qilaman!
Bir shayx o‘tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o‘tirganlarga debdi:
– Sizga yolg‘on aytaman... falonchi o‘tib ketyapti.
Hamma o‘rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayx kulimsirab:
– Men sizlarga yolg‘on aytaman desam ham o‘rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg‘onchidir, ko‘ra-bila nog‘orasiga o‘ynayveramiz!
Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:
– Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
– Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!
“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar” kitobidan