Amaliy-uslubiy yordam
#Zafarobod_tuman_AKM
#Amaliy_uslubiy_yordam
Amaliy-uslubiy yordam
Joriy yilning 3-mart sanasida Zafarobod tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari Zafarobod tuman Madaniyat markazining kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Markaz kutubxonachisiga fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan kundalik to'ldirilishi, jamlanma va inventar daftari qanday yuritilishi haqida ma'lumotlar berildi. Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan esa gazetalarga bibliogafik tavsif yozilishi, kartatekalar tutilishi va boshqa ma'lumotlar berib o'tildi. Markaz kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.