Amaliy-uslubiy yordam
2026-yilning 12-noyabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Zafarobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Maktab kutubxonachisiga fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan kundalik to'ldirilishi, jamlanma va inventar daftari qanday yuritilishi haqida ma'lumotlar berildi. Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan esa gazetalarga bibliografik tavsif yozilishi, kartatekalar tutilishi va boshqa ma'lumotlar berib o'tildi. Maktab kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.