“Ajdodlarga e'tibor” nomli g'azalxonlik kechasi
#Ajdodlarga_etibor
#Gazalxonlik_kechasi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Alisher_Navoiy_585_yilligiga_bagishlanadi
“Ajdodlarga e'tibor” nomli g'azalxonlik kechasi
2026-yil 9-fevral sanasida Zafarobod tuman axborot - kutubxona markaziga tashrif buyurgan faol kitobxonlar ishtirokida «Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi» munosabati bilan “Ajdodlarga e'tibor” nomli g'azalxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida axborot - bibliografiya xizmati tomonidan Navoiy g'azallari va ruboiylari haqida ma'lumotlar kitobxonlar e'tiboriga havola etildi. So'ngra kitobxonlar tomonidan g'azallar ijro etildi. Tadbirda 24 nafar kitobxon qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.