Yashash – eng noyob ne’mat
Yashash – eng noyob ne’mat
Bu hayotda mavjud bo‘lish bu barchaga ham nasib etmaydigan neʼmat. Lekin mavjudsiz degani yashayapsiz degani emas. Tasavvur qiling, sizga berilgan bu imkoniyat taxminan uchtadan beshtagacha insonga berilmagan.
Demak, bu hayotda sizning qilishingiz kerak bo‘lgan vazifangiz bor. Har kuni bir xillikda, turli xil videolar ko‘rib o‘tkazishga umringiz kamlik qiladi.
“Tirik kitob” podkastida aytilganidek: “Bu dunyoga ko‘pchilik insonlar o‘lgani keladilar, ayrim insonlargina yaratgani”.
O‘zingizdan arzigulik nimadir qoldiring.
Zero, kelajak avlod sizni yaxshi nom bilan xotirlashsin!