VAQT – eng bebaho boylik
VAQT – eng bebaho boylik
Hayotda ko‘p narsa pul bilan o‘lchanadi. Ammo vaqt – na sotib olinadi, na qaytariladi. U inson qo‘lidagi eng noyob, eng qimmat ne’matdir. Afsuski, bu haqiqatni ko‘pchilik juda kech anglaydi…
Zamonaviy dunyo e’tiborni bo‘luvchi omillarga to‘la: telefonlar, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar… Lekin haqiqiy yutuq faqat bitta narsa bilan keladi – bu diqqatni jamlash, ya’ni fokus.
Kimdir bir yilda til o‘rganadi, kimdir atigi bir kunda orzusiga qarab qadam tashlaydi. Bunday farq iste’doddan emas, balki vaqtdan oqilona foydalanish va diqqatni to‘g‘ri yo‘naltirishda.
Yoshlik – eng katta imkoniyat davri. Aynan bugun kuchli o‘rgan, sabrli bo‘l va vaqtni qadrlagin. Chunki ertangi natijang – bugungi tanlovingning mahsuli.
Bugun o‘zing ustida ishlagin, ertaga esa dunyo sening yo‘lingda ishlaydi.