Umida Teshabayeva Alimjanovna ishtirokida hududiy seminar
Umida Teshabayeva Alimjanovna ishtirokida hududiy seminar
Hozirgi kunga kelib Respublikamizda kutubxonalar faoliyatida katta o’zgarishlar sodir bo'lmoqda. Hukumatimiz tomonidan kutubxona sohasini rivojlantirishga oid qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Muhtaran Prezidentimiz tomonidan har bir umumta’lim kutubxonalarni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi bazasiga ulash vazifasini topshirilgan edi.
Shu munosabat bilan 2025-yil 1-fevral kuni Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Jizzax viloyatining barcha umumta’lim maktab kutubxonachilari hamda tuman axborot kutubxona markazlari rahbari ishtirokida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva Alimjanovna ishtirokida hududiy seminar bo’lib o’tdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.