Taslim bo‘lma
Taslim bo‘lma
Insonning hayot yo‘llari doimo birdek ketavermaydi, yaʼni doimo bizning hayotimiz muvaffaqiyatdan iborat emas.
☝️Lekin biz baʼzida muvaffaqiyatsizliklarga chidamsiz bo‘lamiz, ayniqsa, atrofimizdagilar muvaffaqiyatga erishayotgan paytda va bu vaziyatda eng yomoni muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng qayta turib harakat qilishning o‘rniga, shunchaki taslim bo‘lish. Balki bizning muvaffaqiyatimiz bir nechta muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, ammo barchasidan xayrli bo‘lib kelar...
❗️Bu muammo tarixda ham uchragan. Masalan, barchaga maʼlum va mashhur ʼʼGarry Potterʼʼ kitobi muallifi J.K Ravling 12 ta nashriyotdan rad javobini olgan va 13-da uning kitobini nashriyot qabul qilgan. Endi tasavvur qiling, u 12-nashriyotdan so‘ng taslim bo‘lganida, butun dunyo kitobxonlari shunday asardan mahrum bo‘lgan bo‘lardi va balki u ham bu darajada mashhurlikka erishmas edi.
P. S.: Taslim bo‘lish bu yechim emas, balki sizni orzularingizga eltuvchi yo‘ldagi bir to‘siq, xolos