Oybek tavallud topgan kun
Bugun akademik Oybek tavallud topgan kun
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek (1905-1968) - shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, O‘zSSR FA akademigi (1943), xalq yozuvchisi (1965).
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1930-yil O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatib va oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi.
O‘zbek xalqining 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida tasvirlangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida u o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.