O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Uyg‘un tavallud topgan kun!
O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Uyg‘un tavallud topgan kun!
O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Uyg‘un 1905-yil 14-mayda Qozog‘istonning Marki qishlog‘ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
U qishlog‘idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o‘qidi. So'ng Toshkent qishloq xo‘jalik texnikumida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi.
«Bahor quvonchlari,«Ikkinchi kitob», «Quyosh o‘lkasi», «Muhabbat», «Vatan», «Himolay», «Chodir yopingan ayol», «Shahringga yo‘l oldim», «Hind raqqosasiga» kabi she’riy to‘plamlari,hikoya va dostonlari. «Ukraina yellari», «Jontemir», «Gulasal» kabi o‘ndan ortiq poema va balladalar ham yaratgan. «Ona», «Alisher Navoiy» (1943, Izzat Sulton bilan hamkorlikda) «Qaltis hazil», «Parvona», «Abu Rayhon Beruniy», «Ibn Sino», «Zebuniso» kabi sahna asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga ulkan hissa qo'shdi.
Uyg‘un Pushkin, Lermontov, Chexov, Tolstoy, Shekspir asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.