Kitobxonlik oiladan boshlanadi
Joriy yilning 4-fevral sanasida Zafarobod tuman Axborot kutubxona markazi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zafarobod tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Birlik QFYda joylarda kitoxonlikni keng targ'ib etish maqsadida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mahallalarda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, har bir oilada kitob bilan do'st tutinish borasida so‘z bordi. Tadbirda 65 nafar ishtirokchi qatnashdi va 33 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.