Kitobsevarlar uchun kichik hazil:
Kitobsevarlar uchun kichik hazil:
Bir kuni telefonimning quvvati tugab qoldi. Hech narsa qolmadi, majburan qo‘limga bir kitob oldim. “Bir-ikki sahifa qarab qo‘yaman”, deb o‘ylagandim… Lekin o‘qib ketaverdim, ketaverdim… va eng ajablanarli joyi shuki – kitobning batareyasi tugamadi!
Telefon ko‘p narsani bera oladi: qo‘ng‘iroq, internet, video. Lekin faqat kitobgina tasavvurimizni quvvatlaydi. Telefonni zaryadga qo‘yasan, kitobni esa faqat ochasan – va u seni o‘zi quvvatlaydi.
Shuning uchun, agar hayotingiz zerikarlidek tuyulsa, balki telefoningizni emas, kitobingizni zaryadlash vaqti kelgandir.