Kitoblar sharhi 21.05.2025
Kitoblar sharhi
Joriy yilning 21-may sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yolgʻiz ona uyiga tashrif buyurib, targ’ibot-tashviqot ishlari tashkil qilindi. Unda O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” va “Turmushning to‘rt tirgagi” nomli kitoblari sharhlab berildi. Qurbonova Ulbuvining kitobga bo‘lgan qiziqishi ortib, kutubxonaga a’zo bo‘ldi va Odil Yoqubovning “Onaizor” kitobi o‘qish uchun berildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.