Kitobga muhabbat – kichik qadamdan boshlanadi…
Kitobga muhabbat – kichik qadamdan boshlanadi…
O’tgan safar e’lon qilgan postimizdan so‘ng kanalimiz obunachisi tomonidan Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Boylata mahallasidagi 59-maktab oldida ham “kichik kutubxona” tashkil etilganligini eshitdik.
Bu kutubxona 120 ta kitob bilan ochilgan:
40 tasi tashabbuskorning o‘z shaxsiy kitoblari,
60 tasi do‘st va tanishlar tomonidan sovg‘a qilingan,
yana 20 tasi esa tuman tomonidan berilgan.
Loyiha muallifi – Mavlonova Dilafruz. U o‘z otasi bilan birgalikda bu tashabbusni amalga oshirgan.
Shunday kutubxonani o‘zingizning ko‘changizda ham tasavvur qildingizmi? Kim biladi, balki keyingi “kichik kutubxona” sizning mahallangizda paydo bo‘lar!