Kitob o‘qishdan charchaganmisiz
Kitob o‘qishdan charchaganmisiz?
Demak, siz hali o‘qishni boshlamagansiz!
Ba’zilar kitobni “bo‘sh vaqtimda o‘qiyman” deydi... Biz esa bo‘sh vaqtni kitob o‘qish uchun yaratamiz!
Kitobxonlar real hayotda biroz sokin bo‘lsa-da, biroq miyasida – jang, sevgi, sirli qotillik, shaytoniy rejalar va falsafa to‘qnashuvi doimo mavj uradi. Nimadir ish qilayotganida ham voqealarni davomi nima bo‘lar ekan deb, o‘zicha kitobning keyingi sahifalarini tasavvur qiladi.
Kitobxonlar o‘qiyotgan kitobining oxirida qahramon o‘lib qolsa, nega u o‘ldi-yu, biz tirik qoldik, ko‘ziga yosh olishi mumkin. Ammo ertasi kuniyoq – “Yana qaysi kitobni boshlasam ekan? Endi qaysi sarguzashtlar meni kutib turibdi” – degan savol bilan uyg‘onadi.
Shuning uchun, aziz kitobxonlar: Siz hechkim bilan gap talashmang. O‘z kitobingizdagi qahramonlar bilan urushib, sevishib, kulishib yuravering