Kitob o‘qish eng yaxshi “sport zal”!
Kitob o‘qish eng yaxshi “sport zal”!
Sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish kerak. Lekin, shuni ham unutmangki, kitob o‘qish ham miyangiz uchun eng yaxshi “sport zal”!
1. Stressni 68% gacha kamaytiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, atigi 6 daqiqa o‘qish stress darajasini 68% gacha pasaytiradi. Bu musiqa tinglashdan yoki choy ichishdan ham samaraliroq!
2. Yurak urishini barqarorlashtiradi. O‘qish vaqtida diqqat to‘planishi va nafasning tinchlanishi natijasida yurak urishi barqarorlashadi.
3. Uyqu sifatini yaxshilaydi. Uyqudan oldin telefon emas, qog‘ozli kitob o‘qish — melatonin ishlab chiqilishini yaxshilaydi. Natijada organizm tezroq tiklanadi.
4. Miyaning qarishini sekinlashtiradi. “Neurology Journal” ma’lumotlariga ko‘ra, muntazam o‘qiydigan insonlarda yoshi ulg‘aygan sayin miyaning qarishi 30–35% sekinroq kechadi.
5. Xotirani kuchaytiradi. Kitob o‘qish paytida miyada yangi neyron aloqalar hosil bo‘ladi. Bu esa qisqa muddatli va uzoq muddatli xotirani mustahkamlaydi.