Kanadada joylashgan “Parlament kutubxonasi” haqida
Kanadada joylashgan “Parlament kutubxonasi” haqida
Bu joy Kanada parlamenti uchun eng asosiy axborot manbayi va tadqiqot markazidir. Uning asosiy binosi Ottava, Ontarioda, Parlament tepasidagi Markaziy Blokning orqa qismida joylashgan.
Ajablanarlisi, kutubxona 1916-yildagi yong‘indan omon qolgan, bu yong‘in Markaziy Blokni butunlay yo‘q qilgan edi. Shu sababdanmi, kutubxona bugungi kungacha Kanadaning tarixiy yodgorligi sifatida qadrlanadi.
Kutubxona 1876-yilda qurilgan va uning asl bezaklari, shakli va interyeri o‘zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan holda so‘nggi ta’mirlash ishlari 2002–2006-yillarda amalga oshirilgan.
Kutubxona binosi Kanadaning ramzi hisoblanadi va Kanada o‘n dollarlik banknotining old tomonida tasvirlangan. Shuningdek, kutubxonada minglab noyob kitoblar, tarixiy hujjatlar va parlament materiallari saqlanadi.