• zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
  • Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Bog’lanish
  • @zafarobodakm_bot
  • zafarobod_akm@natlib.uz
  • +998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11
Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Bog'lanish
    • Uslubiy qo'llanmalar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yangiliklar
  • Elektron kutubxona

Dunyodagi eng qimmat TOP-5 kitob


Dunyodagi eng qimmat TOP-5 kitob

Dunyoda qiymat jihatidan yuqori baholanadigan kitoblar koʻp. Ularning ayrimlari noyobligi bilan, boshqalari esa qadimiyligi bilan yuqori qimmatga ega.

1-o‘rin: “Lester kodeksi” (1-rasm)

U 30,8 mln dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 398 mlrd 552 mln soʻm). Leonardo da Vinchining ilmiy yozuvlari va rasmlari tushirilgan daftari hisoblanuvchi bu kitob charm muqovali boʻlib, bor-yoʻgʻi 29x22 oʻlchamga ega va 36 varaqdan iborat.

Unda muallifning astronomiya, suv va toshlarning xususiyatlari, havo va osmon yorugʻligi haqidagi kuzatish va nazariyasi tushirilgan koʻplab rasmlari hamda diagrammalari ilova qilingan.

2-o‘rin: “Beyzerskiy psaltiri”

Hozirgacha 11 ta nusxasi saqlanib qolgan bu kitobning har biri qariyb 184 mlrd soʻm turishi mumkin. 2013-yilda ana shu nusxalardan bittasi Sotbis auksionida 14,2 million dollarga sotilgan.

 Britaniyaning Shimoliy Amerikasida chop etilgan birinchi kitob sanaluvchi “Beyzerskiy psaltiri” (plastir – Zabur) puritan ruhoniylari tomonidan Dovud sanolarining ingliz tiliga tarjimasi ham deyiladi.

3-o‘rin: “Genrix Arslon Xushxabari” (3-rasm)

Kitob 1983-yilda Sotbis kim oshdi savdosida 11,7 million dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 151 mlrd 398 mln soʻm). U taxminan 1188-yilda Saksoniya va Bavariya gersogi Genrix Arslon (1129–1195) buyrugʻi bilan Brunsvik soboridagi Bibi Maryam qurbongohi uchun qilingan Injil qoʻlyozmasi boʻlib, XII asrga tegishli kitoblarning eng durdonasi sanaladi. Kitob oltinga boy naqshlari, batafsil miniatyuralari va murakkab bezaklari bilan ajralib turadi.

4-o‘rin: “Amerika qushlari” (4-rasm)

Kitob 2010-yili 11,5 million dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 148 mlrd 810 mln soʻm). Shimoliy Amerika qushlarining tabiiy oʻlchamdagi rasmlari bilan bezatilgan ushbu kitob amerikalik tabiatshunos olim Jon Jeyms Adyubon qalamiga mansub boʻlib, 1827-yildan 1838-yilgacha Edinburg va Londonda boʻlib-boʻlib chop etilgan. Kitobda 489 ta turga mansub 1065 ta qush tasvirlangan.

5-o‘rin: “Gutenberg Bibliyasi” (2-rasm)

Bu noyob kitob 1987-yilda 5,4 mln dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 69 mlrd 876 mln soʻm). U Gutenbergning birinchi bosma Injili boʻlib, 1455-yilda birinchi toʻliq bosma kitob shaklida tayyorlangan. Qimmatbaho meros hozirda “Gutenberg Bibliyasi” yoki “42 satrli Bibliya” deb ataladi.

Kitob lotin tilida chop etilgan va uning tashqi koʻrinishi oʻquvchilar bosma dastgohning ilk mahsulotini ishonch bilan, odatiy tarzda qabul qilishi uchun oldingi davrlardagi qoʻlyozma kitoblarga oʻxshatib ishlangan.

Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi
+998-55-151-30-13; +998-99-825-37-11 zafarobod_akm@natlib.uz

O'zbekiston,Jizzax,130700,Mustaqillik

Biz soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bog'lanish
  • Uslubiy qo'llanmalar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Yangiliklar
Elektron kutubxona
© Copyright 2025 — Jizzax viloyati Zafarobod tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan