Bosma kitob — ongning chuqur xotirasi
Bosma kitob — ongning chuqur xotirasi
So‘nggi yillarda insonlar tobora ko‘proq ekran orqali o‘qiy boshlashdi: telefon, planshet, noutbuk, Kindle... Lekin ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki – qog‘ozda o‘qish inson miyasida chuqurroq iz qoldiradi.
Axios tahliliga ko‘ra, matnni bosma shaklda o‘qiyotgan insonlar o‘qilgan ma’lumotni 30-40 % yaxshiroq tushunadi va eslab qoladi.
Ekranda o‘qiganda esa, miyada e’tiborning tarqalishi tufayli bu ko‘rsatkich atigi 5-10 % gacha tushadi.
Psixologlar bu hodisani “ekran charchoqligi” (screen fatigue) deb atashadi – ya’ni, ko‘z va ong bir vaqtning o‘zida vizual harakat, yorug‘lik va matnni qayta ishlashga qiynaladi.
Bosma kitobning afzalliklari:
- Eslab qolish darajasi yuqori.
- Konsentratsiya kuchayadi.
- Qog‘ozning hididan tortib, sahifa aylantirish hissigacha – o‘qishga emotsional bog‘liqlikni yaratadi.
- Bolalar va o‘smirlar orasida “qiziqib o‘qish” ehtimoli 2 baravar
Tadqiqotchilar aytadi: “Ekran sizga ma’lumot beradi, kitob esa fikrlashni o‘rgatadi.”