Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
G’azal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-fevral sanasida Zafarobod tuman hokimligi, axborot-kutubxona, RMMM tuman bo’linmasi hamda madaniyat markazi va XTBga qarashli maktablar bilan hamkorlikda “G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat yozuvchilar uyushmasi rahbari, hamda viloyatdan tashrif buyurgan bir qator mehmonlar so’zga chiqib Navoiy xotirasini yod etdilar. Bundan tashqari tadbir davomida maktab o’quvchilari o’zlari tayyorlagan chiqishlarni namoyish etdilar. Tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonidan 25 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda 120 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati