9-may — Xotira va qadrlash kuni!
9-may — Xotira va qadrlash kuni!
Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 80 yildan oshdi. Hozir ko‘pchilik tinchlikni "tabiiy holat" deb o‘ylaydi. Lekin bu kunlar uchun millionlab bobolarimiz jon fido qilgani, momolarimiz azob chekkani haqida koʻpam oʻylayvermaymiz...
Bugun farzandlarimizning kulgusi, xotirjam reja tuzayotganimiz va tongni xavotirsiz kutib olayotganimiz — o‘sha qahramonlarimizning bizga qoldirgan eng katta merosidir!
Ularning orzulari tinchlik va ozodlikda farovon hayot qurish edi. Ajdodlarimiz koʻrmagan kunlarni, imkoniyatlarni ko‘rish bizlarga nasib qildi.
Keling, ularning xotirasiga eng munosib sovg‘a sifatida — tinchlikni qadrlaylik va yurtimiz ravnaqi uchun intilaylik.