9-aprel Amir Temurning tavallud kuni
9-aprel Amir Temurning tavallud kuni
9-aprel — dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi Amir Temurning tavallud kuni. Shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimizning hikmatli so‘zlaridan namunalar keltiramiz.
- Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga 10 g‘isht qo‘ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o‘rniga 10 ta ko‘chat ektirdim.
- Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
- Adovat emas – adolat yengadi.
- Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
- Mergan ovda bilinar, botir — yovda.