30-iyul mamlakatimizda "Xalqlar do‘stligi" kuni
#Zafarobod_tuman_AKM
#Xalqlar_doʻstligi_kuni
30-iyul mamlakatimizda "Xalqlar do‘stligi" kuni
30-iyul sanasi mamlakatimizda "Xalqlar do‘stligi kuni" deb e’lon qilingani munosabati bilan joriy yilning 28-iyul sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi, tuman hokimligi, RMMM tuman bo‘linmasi, madaniyat bo‘limi, bolalar musiqa va san'at maktabi hamda barkamol avlod bolalar markazi bilan hamkorlikda "Yoshlar bog‘ida" "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi eng sara asarlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda chiroyli kuy-qo‘shiqlar va raqslar guldastasi bayramga yanada ko‘tarinki shukuh baxshida etdi. Tadbirda 120 nafar ishtirokchi qatnashdi va 98 dona adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.