30 may shoir Mirtemir (1910-1972) tug‘ilgan kun.
30 may shoir Mirtemir (1910-1972) tug‘ilgan kun.
🔹O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910-yil 30-mayda Qozog‘iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi.
🔹Uning birinchi she’ri 1926-yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosiladi.
🔹Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928-yilda chop etilgan.
🔹Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir.
🔹U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «YO‘lbars terisini yopingan pahlavon», Berdaq asarlari va qirg‘iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
🔹 «Men seni...», «Chag‘alay», «Qirg‘iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog‘im», «Qaydadir buloq» kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.
🔹1979-yilda Mirtemirga «Tog‘day tayanchim» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
🔹Mirtemir 1972-yilda vafot etgan.