“21 asrning muammosi kitob o’qimaydigan yoshlar emas, uqimaydiganlar bo‘ladi” – degan edi Naval Ravikant…
“21 asrning muammosi kitob o’qimaydigan yoshlar emas, uqimaydiganlar bo‘ladi” – degan edi Naval Ravikant…
Aholini ilmga, kitoblarga targ‘ib qilish ishlari ancha kuchaygan ammo hali ham dunyodagi kitob o‘qish indekslarida yuqoriga ko‘tarila olmayapmiz. Ziyoli qatlam siz majbur etmasangiz ham o‘zi kitob topib o‘qiydi. Jumladan siz va bizga kitob o‘qi deb aytish shart emas. Ammo, qiziqishi yo’q bo’lganlarnichi?
Qadim Rimda ta’lim ko’proq majburlashdan iborat bo’lganini o’qib qolgandim. Jazolar juda qattiq bo‘lganligi sabab majburan o‘qishgan. Ammo biz ilm yuqishini istasak, unga mehr uyg‘onishi lozim, majburlash emas.
Rumiyni kitobida yozilishicha, bizni ishimiz boshqalarni emas, o‘zimizni o‘zgartirish. 18 yil ilmga qiziqmaydigan muhitda katta bo‘lgan bolani shundoq qiziqtirib qo‘yish mushkul. Bari borib tarbiyaga taqaladi, sababi unda bo‘layotgan qiziqishlarni qo‘llash ham, sindirib qo‘yish ham ota-onaga bog‘liq.
Sizningcha kitobga qiziqmaydigan yoshlarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish uchun yana nimalar qilish kerak?