2026-yilning 13-17-aprel kunlari Zafarobod tumanida "Kitobxonlik haftaligi" bo‘lib o‘tadi.
E'LON
Hurmatli kitobxonlar!
2026-yilning 13-17-aprel kunlari Zafarobod tumanida "Kitobxonlik haftaligi" bo‘lib o‘tadi.
Mazkur haftalik doirasida aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Jumladan:
- kitob ko‘rgazmalari;
- yangi nashrlar taqdimoti;
- ijodkorlar bilan uchrashuvlar;
- ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari;
- tanlov va viktorinalar o‘tkaziladi.
Barchangizni ushbu haftalik tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.