2024-yil faoliyati yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi
Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona markazlarining 2024-yil faoliyati yakunlari boʻyicha 2025-yil 31-yanvardagi hisobot yigʻilishi bayonida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori H.B. Tursunkulova xodim va mutaxassislarga aniq koʻrsatmalar berib oʻtdi. Yigʻilish davomida mazkur bayonnomaning 29, 31 va 33 bandlarini xodim va mutaxassislar ishtirokida toʻliq oʻrganib chiqildi, mazkur bandlardan koʻrsatilgan vazifalar yuzasidan alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha barcha xodimlarga topshiriq berib oʻtdilar. Mazkur yigʻilishda 6 nafar axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.