1888-yil 24-noyabr Amerikalik pedagog yozuvchi Deyl Brekenrij Karnegey tavallud topgan.
1888-yil 24-noyabr Amerikalik pedagog yozuvchi Deyl Brekenrij Karnegey tavallud topgan.
Deyl Karnegey 1922-yilga qadar Carnagey deb yozilgan; 24-noyabr 1888-yil – 1-noyabr 1955-yil) – amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi, ruhlantiruvchi notiq. Carnegie oʻz-oʻzini takomillashtirish, samarali muloqot qilish qobiliyati, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqqan[1]. Shuningdek, muloqotga kirishish nazariyasiga asos solgan.
Carnegie yozgan „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) (1926), „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People) (1936) hamda „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ asarlari unga katta shuhrat olib kelgan. Bu kitoblar dunyoning koʻplab tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.