📚 Ilm tez yod bo‘lishi uchun oltin maslahatlar
📚 Ilm tez yod bo‘lishi uchun oltin maslahatlar
🔹Ertalabki payt – xotira eng tiniq bo‘ladi. Shu vaqtda dars qilish, Qur’on yoki ilmiy kitob o‘qish yodingizda uzoq qoladi.
🔹Tongda yodlagan narsani kechqurun takrorlash – bu usul bilimni mustahkamlaydi.
🔹Ko‘p ovqat yemang – to‘q qoringa o‘qigan ilm tez unutiladi. Yengil ovqatdan so‘ng o‘qilgan bilim esa yodda yaxshi qoladi.
🔹Gunohdan tiyilish – qalb pok bo‘lsa, bilim nuridek tez kiradi. Imom Shofi’iy ham shunday deganlar: “Gunoh – ilmning yod bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.”
🔹Amal qilish – o‘qigan narsangizni hayotda qo‘llang, shunda bilim sizni tark etmaydi.
🔹Doimiylik – oz bo‘lsa ham muntazam o‘qish – ko‘p, lekin tartibsiz o‘qishdan yaxshiroq.