“Zukko kitobxon” tanlovi
“Zukko kitobxon” tanlovi
Joriy yilning 17-mart kuni Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonidan, Yoshlar ishlari bo'limi hamda Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida Zafarobod tumani Samarqand mahallasi yoshlari o'rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Suyarov Qahramon G’ayrat og'li faxrli 1-o'rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. G'olib bo'lgan yoshlarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.