“Xush kelding Navro‘z!” nomli kitoblar ko‘rgazmasi
“Xush kelding Navro‘z!” nomli kitoblar ko‘rgazmasi
Bugun mana yana elimizga Navroʻzi olam o‘z sepini yoymoqda. Elimizning murod-u maqsadini kuylagan, butun borliq muruvvat aylagan, bagʻriga benihoya ezgu muhabbat joylagan, yaxshilikdan doston soʻylagan, barchani birday siylagan bayramdir bu. Shu munosabati bilan joriy yilning 19-mart sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida “Xush kelding Navro‘z!” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan bahorni tarannum etuvchi she’riy, milliylik va qadryatlarimizga oid 20 dona kitoblar o‘rin olgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.