“Otashqalb shoir Usmon Nosir” nomli davra suhbati
#Zafarobod_tuman_AKM
#Kitobsevar_millat
#INFOLIB_2025
“Otashqalb shoir Usmon Nosir” nomli davra suhbati
Joriy yilning 10-noyabr sanasida Zafarobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda XTBga qarashli 1-umum ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” oyligi doirasida qatag’on qurbonlarini xotirlab “Otashqalb shoir Usmon Nosir” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga yig’ilgan kitobxon o’quvchilarga kutubxona xodimlari tomonidan Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Davra suhbatiga 18 nafar kitobxon o’quvchilar qatnashdi va 10 ta kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.