“O‘zbek zamonaviy she'riyatining “Navoiy”si Abdulla Oripov” nomli kitoblar ko‘rgazmasi
“O‘zbek zamonaviy she'riyatining “Navoiy”si Abdulla Oripov” nomli kitoblar ko‘rgazmasi
Abdulla Oripov – Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifidir. Joriy yilning 19-mart sanasida Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligi munosabati bilan Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbek zamonaviy she'riyatining “Navoiy”si Abdulla Oripov” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan shoir qalamiga mansub 26 dona kitoblar o‘rin olgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.