"Ozod va obod vatan asoschisi" nomli davra suhbati
"Ozod va obod vatan asoschisi" nomli davra suhbati
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 87-yilligi munosabati bilan joriy yilning 29-yanvar sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona RMMM tuman bo‘linmasi, Kitobxonlar klubi hamda Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Ozod va obod vatan asoschisi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari RMMM tuman bo‘linmasi rahbari hamda Madaniyat bo‘limi kutubxonachisi so‘zga chiqishdi. Kamalak klubi a’zolari o‘zlarining chiroyli sheʼrlari bilan qatnashdilar. Tadbirda 15 nafar ishtirokchi qatnashdi va 12 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.